Sport | 21:30 / 02.09.2015
2997
2 daqiqa o‘qiladi

“Manchester Yunayted” klubi stadioni kemiruvchilar sababli yaroqsizga chiqarildi

“Manchester Yunayted” klubining stadioni – “Old Trafford” sanitar inspeksiyasi tekshiruvi natijalariga ko‘ra oliy bahoni ololmadi. Bu haqda The Daily Mail nashri ma'lum qilmoqda. Bunga maydonda va tribunaosti xonalarida katta miqdorda sichqonlar aniqlangani sabab bo‘lgan. 

Tekshiruvchilar, shuningdek, arena hududida joylashgan restoranlar ishidan norozi qoldilar. Komissiya xodimlari restoranlar xizmat ko‘rsatish xodimlari haqida salbiy fikrlar qoldirdilar va taomlarning tayyorlanishi texnologiyasi bo‘yicha o‘z e'tirozlarini bildirdilar.
“Old Trafford” va “Uotford” klubining maydoni – “Vikaridj Roud” Angliya premer-ligasi klublari stadionlari o‘rtasida komissiyaning yuqori bahosini ololmagan yagona stadionlar bo‘ldi.
2006 yilda “MYu”ning Angliya kubogidagi uy uchrashuvida raqib jamoa “Berton Albion” futbolchilari maydonda sichqonlar mavjudligidan shikoyat qilgandilar. To‘rt yil o‘tib, Angliya chempionatidagi “MYu” – “Vest Xem” uchrashuvida fotokameralar obektiviga maydonda chopib yurgan sichqon tushgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish