“Qizaloq va maymoq” (“Masha i Medved”) multseriali prodyuseri multfilmning yopilayotgani haqidagi axborotni inkor qildi
“Qizaloq va maymoq” (“Masha i Medved”) multfilmi prodyuseri Dmitriy Loveyko loyihaning yopilishi haqidagi axborotni inkor etdi, deb xabar bermoqda “Dojd” telekanali.
Bundan avval OAVlarda multserialning so‘nggi seriyasi chiqarilgani va uning yopilishi haqida ma'lumot paydo bo‘lgan edi.
“Ma'lumotlarni noto‘g‘ri tushunishgan, qizishib ketishibdi. Men ikki hafta oldin “RIA “Novosti” axborot agentligiga intervyu berganimda multfilmning yangi 3-mavsumi masalasi ko‘tarilgan edi. Men resurslar yig‘ayotganimiz, g‘oyalarni ko‘rib chiqayotganimiz, biroq hozircha hech narsa qabul qilmaslikka qaror kilganimizni aytgan edim. Ko‘rinishicha, muxbir gap pul haqida ketmoqda, deb o‘ylagan. Men resurslar deganimda bu moliyaviy resurslarni anglatmaydi”, deb aytmoqda Loveyko.
Uning aytishicha, multserial yaratuvchilariga kasbiy salohiyatlar – multserial uchun zarur bo‘lgan tezlikda ishlay oladigan odamlar yetishmayapti.