Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«'»: Rossiyaning «Transaero» aviakompaniyasi faoliyati tugatiladi
Rossiyaning «Transaero» aviakompaniyasi davlatga tegishli «Aeroflot» kompaniyasiga o‘z brendini yo‘qotgan holda qo‘shib yuboriladi. Bu haqda «Kommersant'» nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, «Transaero» aviachiptalar sotishni va va parvozlarni amalga oshirishni 2015 yilning dekabrida tugatadi. Shundan so‘ng kompaniya to‘liqligicha «Aeroflot» tarkibiga qo‘shilib ketadi. «Transaero» brendi esa bekor qilinadi.
Nashrning yozishicha, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga qarshi kurashish imkoniyatiga ega emas, bunday davrda kompaniyaning faoliyat yuritishining kelajagi yo‘q.