Iqtisodiyot | 17:52 / 02.09.2015
4063
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda rossiyaliklar yangi avtomobillarga 1 trln rubl sarflashdi

Joriy yilning dastlabki 7 oyi mobaynida rossiyaliklar yangi avtomobillar xarid qilishga 984.4 mlrd rubl sarflashdi. “Avtostat” agentligining ma'lum qilishicha, bu 2014 yildagidan 25 foizga kamroqdir.

Tahlilchilarning fikricha, Rossiya avtobozorida tushum bo‘yicha yetakchi Mercedes-Benz kompaniyasi bo‘ldi – uning tushumi 117,1 mlrd rublni tashkil qilib, 2014 yilgi ko‘rsatkichdan 14,9 mlrd rublga ko‘proq bo‘ldi. Hisobot davrida jami 25,2 ming dona Mercedes-Benz mashinalari o‘rtacha 4,65 mln rubl narxda sotildi.

Ikkinchi o‘rinda 109,8 mlrd rubl ko‘rsatkich bilan Toyota kompaniyasi turibdi. Uchinchi va to‘rtinchi pog‘onalar Kia (78,6 mlrd rubl) va Hyundai (76,8 mlrd rubl) kompaniyalariga nasib qildi.