Sport | 18:25 / 02.09.2015
3485
1 daqiqa o‘qiladi

3 sentabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi ko‘k, Yaman esa qizil formada o‘ynaydi

JCh-2018 va OK-2019 saralashi doirasida O‘zbekiston va Yaman o‘rtasida kechadigan uchrashuvda terma jamoalar maydonga kiyib tushadigan libos rangi ma'lum bo‘ldi. Bu haqida O‘FF rasmiy tvitterida xabar berilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi ko‘k, Yaman esa qizil formada o‘ynaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Yaman o‘yini ertaga, soat 19.00 da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish