Iqtisodiyot | 19:39 / 02.09.2015
7400
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatida 97ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda

Andijon shahridagi «Uz Dong Ju Peint Ko» O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi o‘z faoliyatini 1995 yilda GM Uzbekiston uchun lok-bo‘yoq ishlab chiqarishdan boshlagan. Qisqa vaqt mobaynida qurilish va industrial materiallar, tara va avtomobillarga rezina mahsulotlari ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

"Korxonamizda tayyorlangan metall bankalarga turli rangdagi lok-bo‘yoqlar qadoqlanib, iste'molchilarga yetkazib beriladi. Korxonamizda 600 nafardan ortiq o‘z ishining ustalari tomonidan yiliga 780 mingta sifatli va turli shakldagi bankalar ishlab chiqarilmoqda", - deydi sex boshlig‘i Valisher Murodaliyev.

Keyingi yillarda Xitoy va Hindistondan yangi dastgohlarning keltirilishi mahsulot turini ko‘paytirish bilan birga, eksport imkoniyatini ham yaratgan. Jumladan, 2015 yil birinchi yarim yillikning o‘zida 337,8 ming AQSh dollari miqdorida eksport qilingan.