Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL klublari o‘yinchilarni sotib olishga rekord darajadagi 897,7 mln funt sarflashdi
Moliya va sportga ixtisoslashgan Sporting Intelligence portali, Angliya Premer-ligasining barcha 20 ta jamoasi uchun transfer oynasi yakunlarini yasadi.
Angliya oliy dvizionining jamoalari joriy yozda futbolchilarni sotib olish uchun rekord darajadagi 897,7 mln funt sarflashdi va sotishda 416,6 million funt ishlab olishdi. Hammadan ko‘ra yangi o‘yinchilarni sotib olishga “Manchester Siti” (154,2 mln funt) sarfladi. Futbolchilarni sotishda hammadan ko‘ra ko‘proq “Manchester Yunayted” pul ishlab oldi (72 mln funt).
Joriy transfer oynasida xarajatlar va daromadlar muvozanati borasida eng sog‘lom klub “Sautgempton” bo‘ldi. Klub yangi o‘yinchilar uchun 41,7 mln funt sarfladi va 38,5 mln funtga o‘yinchilar sotib yubordi. Shu tariqa klub bor-yo‘g‘i 3,2 mln funt zararga kirdi. Bu orada “Manchester Siti” 101,3 mln funt “minus”ga kirdi.
Quyida barcha jamoalar bo‘yicha transfer oynasidagi sarf-xarajatlar ko‘rsatkichlari keltirilgan.
