Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:14 / 02.09.2015
3211
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda qurilishga investitsiyalar rekord darajaga yetdi
AQShda qurilishga investitsiyalar oxirgi yetti yil ichida maksimal ko‘rsatkichga erishdi. Wall Street Journal nashrining yozishicha, AQSh savdo departamentining baholashicha, joriy yilning iyulida AQShda qurilishga investitsiyalar umumiy hajmi 1,083 trln dollarni tashkil qildi va bu 2008 yil mayidan beri rekord daraja bo‘ldi.
Bunday jadal o‘sish xususiy qurilishning o‘sishi bilan bog‘lanmoqda. Ekspertlarning baholashicha, AQShning qurilish sektori dunyo bozorlaridagi turbulentlik ortida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi.