Jamiyat | 18:18 / 02.09.2015
3499
1 daqiqa o‘qiladi
Avstraliyalik ayol giyohvand o‘g‘lini katakka qamab qo‘ydi
Avstraliyaning Rokgempton shahrida istiqomat qiluvchi ayol 17 yoshli giyohvand o‘g‘lini kattaka qamab qo‘ydi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Bunday konstruksiyani yasatish uchun ayol 3 ming dollar sarflagan.
Shu tariqa ayol o‘g‘lining giyohvandligiga qarshi kurashmoqchi bo‘lgan. O‘g‘lini reabilitatsiya markazlar qabul qilishdan bosh tortavergach, bola o‘n marta o‘z joniga qasd qilishga uringan.
“O‘g‘limning aytishicha, doza kerakligida u hamma narsaga tayyor bo‘larkan”, - ta'kidladi ayol mahalliy telekanallardan biriga bergan intervyusida.
“Haqiqiy qamoqqa tushganimdan ko‘ra oyim meni kattaka tiqib qo‘ysin”, - qo‘shimcha qildi giyohvand bolaning o‘zi.