Jahon | 01:22 / 02.09.2015
5017
1 daqiqa o‘qiladi
BAA va Ukraina ko‘chmas mulkka narxlar tushib ketgan yetakchi davlatlar bo‘lmoqda
Dubayda ko‘chmas mulk narxi oxirgi yil ichida 12,2 foizga tushib ketdi, bu dunyo bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich bo‘ldi, deb xabar bermoqda Knight Frank xalqaro konsalting kompaniyasi tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda Bloomberg agentligi.
Tahlilchilarning ta'kidlashicha, BAA da narxlar tushishi hatto Ukrainadan ham ko‘proq bo‘lgan. Ukraina ko‘chmas mulk bozorida bu ko‘rsatkich 12 foizni tashkil qilgan.
Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich Gonkongda qayd qilindi, bu yerda narxlar 20,7 foizga oshgan.