14:26 / 02.09.2015
4707

Bloomberg: Xitoy Putin uchun yangi muammoga aylandi

Xitoy iqtisodiyotidagi o‘sishning sekinlashishi neft narxiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda, bu esa neft eksporti bilan shug‘ullanuvchi Rossiyada retsessiyaning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi tahlilchilari fikr bildirdi.

Agentlikning eslatishicha, 2015 yilning birinchi yarim yilida Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar aylanmasi 29 foizga tushib, 30.6 mlrd dollarni tashkil qildi. 2-3 sentabr kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyga safar uyushtiradi. Safar arafasida u TASS va Sinxua agentligiga intervyu berib, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanib borayotganini ta'kidladi. Shunga qaramay, tahlilchilarning fikricha, vaziyat Putin ta'riflaganichalik yaxshi emas.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, tashrif doirasida Uzoq Sharqda mamlakatlarni o‘zaro bog‘lovchi gaz quvuri o‘tkazilishi haqidagi memorandum imzolanadi.

Agentlikning ta'kidlashicha, Putin YeI va AQShga qarshi Xitoy va Rossiyaning ittifoq tuzishini rejalashtirayotganiga qaramay, aslida bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yetarli darajada yaqin emas.

Top