Fan-texnika | 13:34 / 02.09.2015
2568
1 daqiqa o‘qiladi
Britaniyaning yirik banklar tarmog‘i xavfsizlik darajasini tekshirish uchun o‘z tizimini buzib kirishga harakat qiladi
Dunyodagi eng yirik bank tarmoqlaridan biri bo‘lgan Barclays Plc. o‘z kompyuter tizimini buzib kirishga harakat qilib ko‘radi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Yevropol kiberxavfsizlik bo‘limining sobiq rahbari, hozirlikda moliyaviy konglomeratning bosh ijrochi direktori bo‘lgan Troels Oerting allaqachon kerakli jamoani shakllantirib bo‘lgani aytilmoqda. Ushbu jamoa Britaniya banklarining kompyuter tizimiga hujum uyushtirib, shu yo‘l bilan uning zaifliklarini aniqlaydi.
“Biz bank tizimiga kirmoqchi bo‘layotgan jinoyatchilarday harakat qilishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi Oerting.