Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada bir asr davomida umr ko‘rish davomiyligi 28 yilga ko‘paydi
XX asrning boshidan Buyuk Britaniya fuqarolarining umr ko‘rish davomiyligi har o‘n yilda 3 yildan ko‘payib bordi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.
2010-2012 yillarda britaniyalik erkaklarning umr ko‘rish davomiyligi o‘rtacha 79 yilni, ayollarniki 83 yilni tashkil qildi va hali ham o‘sishda davom etmoqda.
Vaholanki, 1910-1912 yillarda britaniyalik erkaklarning umr ko‘rish davomiyligi o‘rtacha 51 yilni, ayollarniki 55 yilni tashkil qilgan.
Shu tariqa britaniyalik erkak va ayollarning bir yil davomida umr ko‘rish davomiyligi 28 yilga ko‘paygan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bu sog‘liqni saqlash tizimining yaxshilanishi va bolalar o‘limi darajasini kamaytirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar hisobiga mumkin bo‘ldi.
Avvalroq bir guruh olimlar insonning olgan bilimi uning umr ko‘rish davomiyligiga bevosita ta'sir qilishini aytishgan edi.