Jahon | 09:08 / 02.09.2015
1979
1 daqiqa o‘qiladi
Chexiya muhojirlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun Serbiyaga 850 mln dollar ajratadi
Chexiya muhojirlarga yordam ko‘rsatish dasturi doirasida qochqinlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun Serbiyaga 850 mln dollar miqdorida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor, deb aytdi Chexiya bosh vaziri Boguslav Sobotka o‘zining serbiyalik hamkasbi Aleksandar Vuchich bilan Belgradda bergan qo‘shma matbuot-anjumanida. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.
“Chexiya muhojirlar uchun tranzit hisoblangan davlatlarga yordam bermoqchi”, deb aytdi Sobotka.
Chexiya shengen hududining saqlanib qolishi va muhojirlar kelayotgan davlatlardagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yechimlar izlashni yoqlab chiqmoqda, deb ta'kidlab o‘tdi Sobotka.