Jahon | 08:49 / 02.09.2015
2785
1 daqiqa o‘qiladi

Chernobil AESi hududida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Ukrainaning Chernobil AESi joylashgan hududda o‘rmon yong‘inlari qaytadan boshlandi. Bu haqda TASS nashri xabar qilgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, hududda qutqaruvchi guruhlar nazoratni qo‘lga olishgan. Yong‘in o‘chog‘i va tarqalgan maydon ko‘lami haqida aniq ma'lum qilinmagan.

"Hududda yong‘in qaytalandi. Hozircha biz tezkor ma'lumotlar bera olmaymiz. Lekin o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchi guruhlar hududdagi vaziyatni o‘z nazoratiga olgan", deb ma'lum qilgan FVV vakili.

Bundan oldinroq, ushbu AES joylashgan hududda ro‘y bergan yong‘in 60 gektarlik o‘rmonga tarqalgani xabar qilingandi. Bu yong‘inni o‘chirish jarayonida 149 nafar o‘t o‘chiruvchi va 37ta maxsus texnika ishlagandi. Shuningdek, 3ta samolyot va bitta vertolyot ham bu jarayonga jalb etilgan.