Jamiyat | 13:29 / 02.09.2015
3670
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda qashqadaryolik haydovchi ayolni urib ketib, voqea joyidan qochdi

Qashqadaryolik Bahodir ismli haydovchi Toshkent shahrining Chilonzor tumanida kira qilish chog‘ida Saodat ismli ayolni urib ketdi. Ayolga yordam ko‘rsatish o‘rniga u voqea joyidan yashirindi.

Ko‘chadan o‘tib ketayotgan odamlar ayolga yordam ko‘rsatib, shifoxonaga yetkazishdi. Shifokorlar voqea haqida shahar IIBBga xabar berishdi. Huquq-tartibot xodimlari jabrlanuvchi va unga yordam ko‘rsatgan fuqarolarning ko‘rsatmalari asosida ish olib borib, qisqa muddatda haydovchini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish