Jahon | 22:49 / 02.09.2015
3219
1 daqiqa o‘qiladi

Dollar 68 rubldan oshdi, neft narxi 48 dollargacha tushib ketdi

Moskva birjasida 2 sentabrdagi savdolar davomida rublning kursi avvalgi savdolarda o‘rnatilgan kursga nisbatan 1,21 rublga oshdi va 68,06 rublni tashkil qildi. Yevro kursi esa 88 tiyinga oshib, 76,48 rublni tashkil qildi. 

Brent navidagi neftning oktabrda yetkazib berilishi fyuchers shartnomasi bahosi 3,8 foizga tushib ketib, bir barrel uchun 47,76 dollarni tashkil qildi. Bundan Londonning ICE birjasidagi ma'lumotlar darak bermoqda.

AQSh nefti zaxiralarining kutilmaganda kuchli o‘sishi neft narxining pasayishiga sabab bo‘ldi. AQShning tijoriy neft zaxiralari 24-28 avgust ichida 4,67 mln barrelga oshib, 455,4 mln barrelni tashkil qildi. Bloomberg agentligi tomonidan so‘rab chiqilgan tahlilchilar zaxiralarning bor-yo‘g‘i 0,9 mln barrelga o‘sishini prognoz qilgandilar.