Jahon | 10:17 / 02.09.2015
3112
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemala parlamenti mamlakat prezidentini daxlsizlik huquqidan mahrum qildi

Gvatemala Kongressining mamlakat prezidenti Otto Peres Molinani daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qarorini 158 deputatning 132 nafari qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Mazkur qaror mamlakat bosh prokurori hamda BMT homiyligidagi Gvatemalada qonunbuzilishlarga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro komissiyaga bojxona organlarida aniqlangan yirik miqyosdagi poraxo‘rlikda prezidentni aybdor deb topish huquqini beradi.

Prezident esa bir necha bor noqonuniy faoliyatda aloqadorligini rad etib, iste'foga chiqish rejasi yo‘q ekanini ma'lum qilgan. U o‘z so‘zida har bir gvatemalalik singari xatolar sodir qilganini ta'kidlagan.