Fan-texnika | 20:05 / 02.09.2015
3660
1 daqiqa o‘qiladi
IFA 2015: Huawei elektron tarozi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan smartfon taqdim etdi
Berlinda boshlangan IFA 2015 ko‘rgazmasida Huawei kompaniyasi Mate fableti seriyasining davomi Mate S smartfonini taqdim etdi.
U 8ta yadroli Kirin 935 protsessori, 3 GB tezkor hamda 64 GB doimiy xotiraga ega. Asosiy kamera 13 Mp, old kamera 8 Mp.ga teng. Akkumulyator quvvati 3000 mA/soat.
Unga AMOLED texnologiyasida ishlaydigan 5,5 dyuymli, 2.5D usuldagi bukilgan displey o‘rnatilgan. Shuningdek, barmoq bosish kuchini aniqlay oladigan Force Touch texnologiyasi ham mavjud bo‘lib, qurilmadan elektron tarozi sifatida ham foydalanish mumkin.