Jahon | 11:29 / 02.09.2015
2715
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyaga Yaman, Iroq va Pokiston fuqarolari kirishi taqiqlab qo‘yildi

Liviya harbiylari mamlakat hududiga Yaman, Iroq va Pokiston fuqarolarini kiritmaslik bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Reyter nashri xabar bergan.

Bundan oldin Liviyaga Sudan, Bangladesh, Falastin va Suriya fuqarolari kirishi taqiqlangandi.

Bunday chora mamlakat xavfsizligi va barqarorligini ta'minlash maqsadida joriy qilingan.

Xalif Xaftar boshchiligidagi Liviya armiyasi falastinliklar, suriyaliklar va yamanliklarni "IShID" safiga o‘tishga moyillikda ayblab chiqqandi.