Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikadagi ranchoda yuzlab odamlarga tegishli 31 ming qoldiq topildi
Meksika shimoli-sharqidagi Nuevo-Leon shtati prokuraturasi xodimlari 31 ming odam qoldiqlari ko‘milgan qabrni aniqlashdi, deb xabar bermoqda Excelsior nashri.
Qoldiqlar Salinas-Viktoriya tumanidagi rancholardan birida kuchli yomg‘irlar bo‘lib o‘tgandan keyin topildi. Taxminlarga ko‘ra, bu qoldiqlar narkokartellar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan qurbonlarga tegishli.
“Fuqarolar inson huquqlari uchun” nodavlat tashkiloti vakili Konsuelo Morales “qoldiqlar aralashib yotgani, shuning uchun ular necha kishiga tegishligi ekani noma'lumligi”ni aytgan.
Morales “prokuratura mutaxassislari ekspertiza o‘tkazayotgani, irsiy profillarni solishtirayotgani”ni qo‘shimcha qilib o‘tgan.
“Fuqarolar inson huquqlari uchun” tashkiloti 4 yil ichida bedarak yo‘qolgan odamlar haqida 967ta arizani qayd qilgan.
Ulardan faqatgina 142 nafari haqida qandaydir ma'lumot bor, qolganlari haqida esa hech qanday ma'lumot mavjud emas.