Jahon | 09:13 / 02.09.2015
4381
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: Ikkinchi Jahon urushiga Xitoyda nuqta qo‘yilgan edi

Ikkinchi Jahon urushiga Xitoyda nuqta qo‘yilgan edi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Xitoydagi Dyaoyuytay davlat qarorgohida o‘tkazilgan matbuot anjumanida chog‘ida aytib o‘tdi.

“Biz Xitoyga G‘alabaning 70 yilligini nishonlash uchun keldik. Tarixdan bilamizki, Ikkinchi Jahon urushiga nuqta aynan Xitoyda, Yaponiya militarizmi kapitulyatsiyasi bilan qo‘yilgan. Sovet Ittifoqida urush yillarida 27 mln kishi halok bo‘lgan bo‘lsa, Xitoyda 35 mln kishi halok bo‘lgan. Kvantun guruhini tor-mor keltirishda qozog‘istonliklar ham ishtirok etgan edi. Halok bo‘lganlar shu yerda dafn etilgan edi. Shu bois bu borada bizning oramizda ma'lum aloqadorlik bor”, - dedi u.
Shu bilan birga, Nazarboyev paradlar sovet davri merosi ekanligini ta'kidladi:
“Bilamizki, dunyoda paradlarga qiziqishmaydi. G‘alabaning 50 yilligida men Parijdagi g‘alaba paradida ishtirok etgan edim, ammo unda G‘alaba arkasi atrofida askarlar va legion o‘tdi, shu bilan hammasi yakunlandi. Londonda esa katta cherkovda qirolicha ishtirokida duogo‘ylik bo‘lgandi.

Urushda halok bo‘lgan millionlab odamlar hurmat izhor etish uchun biz bu narsa yana bir takrorlanishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Shu bois Moskva Sovet Ittifoqining asosiy ustuni sifatida, urushning asosiy qiyinchiliklarini o‘z gardaniga olgani bois sobiq Sovet Ittifoqi nomidan harbiy parad o‘tkazishga to‘la haqli edi”.