Oliy sud raisi o‘rinbosari boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Bishkekka jo‘nab ketdi
Oliy sud raisi o‘rinbosari Qo‘chqor Tog‘ayev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2015 yilning 3-6 sentabr kunlari Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Oliy sudlari raislarining 10-Kengashida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston sud organlari rahbarlari sudyalar kvalifikatsiyasini oshirish sohasida tajriba almashishadi, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha hamda sha'n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilishga oid nizolarni hal etish bo‘yicha sudlar amaliyotini, shuningdek, ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning boshqa masalalarini muhokama qilishadi.
Kengash yakunlariga ko‘ra Qo‘shma bayonotni qabul qilish rejalashtirilmoqda.