O‘zbekiston | 10:23 / 02.09.2015
15751
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Hyundai avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin

“O‘zavtosanoat” aksionerlik kompaniyasi Janubiy Koreyaning Hyundai avtokonserni bilan O‘zbekistonda yengil avtomobillarni ishlab chiqarish haqida muzokaralar olib bormoqda.

Muzokara tafsilotlari hozircha ma'lum qilingani yo‘q.

O‘zbekistonda Hyundai avtomobillari ishlab chiqarilishi bo‘yicha 2006 yilda ham muzokaralar olib borilgan edi. Hyundai Motor konsernining Uz-Daewoo Auto zavodi aksiyalarini sotib olib, yiliga 300 ming dona avtomobil, shu jumladan, Verna va Click rusumli yengil mashinalar ishlab chiqarish rejasi amalga oshmagan edi.

2008 yilning mart oyida tashkil etilgan “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasi esa ayni paytda yiliga 250 ming dona Damas, Matiz, Spark, Nexia, Cobalt, Lacetti, Captiva, Malibu, Orlando, Labo rusumli avtomobillarni ishlab chiqarmoqda.