Paxtachi tumanidagi FHDYo binosi quyosh batareyalari bilan jihozlandi
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida O‘zbekiston Mustaqilligi kuni nishonlanishi arafasida notarial idora va FHDYo bo‘limi joylashgan binoning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Yangi bino bizning barcha iltimoslarimiz inobatga olingan holda namunali loyiha asosida qurildi. Endi biz yangi oila qurayotganlar uchun yanada qulay sharoitlar yarata olamiz, ularning xizmatiga nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish zali, “Oila universiteti” xonasi mavjud. Yangi obekt elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlanishi maqsadida quyosh batareyalari bilan jihozlangan”, deb aytdi FHDYo bo‘limi rahbari M. Mirzayeva.
”Samarkandskiy vestnik” gazetasining ma'lumotlariga ko‘ra, bayramga Ishtixon va Pastdarg‘om tumanidagi FHDYo va notarial idora binolari ham foydalanishga topshiriladi.