Jamiyat | 14:42 / 02.09.2015
2604
1 daqiqa o‘qiladi
Parijda sodir bo‘lgan yong‘inda 8 kishi halok bo‘ldi
Parij shahrining shimoliy qismida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda politsiya bayonotiga tayangan holda France Presse agentligi xabar berdi.
Yong‘in ertalab boshlangan. Ayni paytda yong‘in sabablari aniqlashtirilmoqda.
Halok bo‘lganlar ichida bolalarning ham bo‘lganligi aytilmoqda.
Voqea joyiga mamlakat ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev va politsiya rahbari Mishel Kadolar borishgan.