Pentagon: AQSh Rossiyaning o‘z dushmaniga aylanishini istamaydi
AQSh Rossiyaning o‘z dushmaniga aylanishini istamaydi, biroq Moskvaning xatti-harakatlari tufayli o‘zining Yevropadagi ittifoqdoshlari xavfsizligini ta'minlash uchun harbiy xarakterdagi choralarni ko‘rishga majbur bo‘lmoqda, deb aytdi Baltimorda AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter “Amerika legioni” tashkiloti faxriylari oldidagi nutqida.
“Biz Yevropadagi ittifoqdoshlarimizni Rossiyani kuchli va muvozanatlashgan yondoshuv yordamida to‘xtatib va xalqaro xavfsizlikning asosi bo‘lib qoladigan bizning ittifoq – NATOni mustahkamlab, yangi o‘yin qoidalariga amal qilib qo‘llab-quvvatlamoqdamiz. Biz Rossiyani dushmanimizga aylantirishga intilmaymiz. biroq hech kim shubha qilishi kerak emas: balki Vladimir Putin Rossiyada vaqtni orqaga qaytarmoqchidir, biroq u Yevropada vaqtni orqaga qaytara olmaydi. Biz o‘z ittifoqdoshlarimizni, bizning yorug‘ kelajagimizni himoya qilamiz”, deb ta'kidlab o‘tdi Karter.
Karter AQSh milliy xavfsizligiga boshqa tahdidlar haqida gapira turib, Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi xatti-harakatlari, Yaqin Sharqdagi vaziyat va “IShID” terrorchilik guruhini aytib o‘tdi.