Poroshenko butun dunyoni Rossiyaga qarshi birlashishga chaqirdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko butun dunyo hamjamiyatini Rossiyaga qarshi kurashish kampaniyasida birlashishga chaqirdi. Bu haqda ukrainlar yetakchisining matbuot xizmati ma'lum qilgan.
Poroshenko Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga 70 yil to‘lgani munosabati bilan xalq oldida qilgan chiqishida shunday bayonot bergan.
Uning aytishicha, Rossiya Qrimni egallab olib, "bezbetlik bilan xalqaro huquq normalarini toptadi".
Bundan tashqari, Poroshenko mamlakat janubi-sharqidagi vaziyatning chigallashishida Rossiya hukumatini ayblagan.
Uning fikricha, shu tufayli butun dunyo hamjamiyati bir frontda birlashishi hamda ozod va tinch dunyo uchun kurashishi kerak bo‘ladi.
"Ukraina har qachongidan ham hozir qo‘llab-quvvatlash va ko‘makka muhtoj", deydi Ukraina prezidenti.