Iqtisodiyot | 09:27 / 02.09.2015
12202
1 daqiqa o‘qiladi

Putin MDH hududida dollar va yevrodan voz kechishni taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga MDHda dollardan voz kechish haqidagi qonun loyihasini taklif qildi.

Rossiya prezidenti saytida chop etilgan ma'lumotga qaraganda, MDH doirasida dollar va yevrodan oraliq valyuta sifatida voz kechish imkonini beradigan maxsus mexanizm ishlab chiqiladi. Buning natijasida milliy valyutalar bozorining rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, tashkilotga a'zo davlatlar valyuta siyosatini o‘zaro kelishgan holda olib boradi.

Bu boradagi kelishuvning ratifikatsiya qilinishi, hujjatda aytilishicha, MDH doirasida integratsion jarayonlarning chuqurlashishi va iqtisodiy hamkorlikning yanada rivojlanishiga xizmat qilishi kerak.