Jamiyat | 12:50 / 02.09.2015
6014
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlikning noodatiy sevgi izhori yoxud "To‘ylar muborak-2"

Qozog‘istonning Qaraganda viloyatida yashovchi fuqaro maxsus kran yordamida to‘rtinchi qavatda yashovchi sevgilisining qo‘lini so‘radi. Sevgan yigitining deraza ortida paydo bo‘lishi qizni chinakam hayratga soldi.

Liliya guldastasini ko‘tarib olgan Satpayev shahrida yashovchi Stas ismli yigit o‘z qarindoshlari ko‘magida yuqoriga ko‘tarildi.

To‘rtinchi qavatda yashovchi Alina deraza ortida turgan yigitini ko‘rib hangu mang bo‘lib qoldi. Derazani ochib, turmush qurish taklifini eshitdi va rozilik bildirdi. Yigit deraza ortidan turib qizning qo‘liga nikoh uzugini taqib qo‘ydi.