Jahon | 19:50 / 02.09.2015
2379
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi 84ta gipermarketga ega “Ashan” reteyleri Tambov viloyatida go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqaradi

“Ashan” reteyleri Rossiyaning Tambov viloyatida to‘liq siklli go‘sht ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Biz ishlab chiqarishni avvalidan oxiriga qadar, ya'ni jonivorlarni parvarishlashdan ular go‘shtini iste'molchilarga yetkazib berishga qadar barcha jarayonlarni nazorat qilishni istaymiz”, – dedi “Ashan Rossiya” bosh direktori Vilelm Ubner. Uning ta'kidlashicha, mazkur loyiha mahsulotlar sifatining ortishi va tarmoq supermarketlaridagi go‘sht narxining arzonlashuviga xizmat qiladi.

Tsexda go‘sht mahsulotlarining barcha turi ishlab chiqariladi. 2016 yildan boshlab sanksiyaga javob tariqasida qo‘llanilgan choralar tufayli qariyb bo‘shab qolgan do‘kon peshtaxtalariga yiliga 40 ming, 2020 yildan boshlab esa 70 ming tonna go‘sht mahsulotlarini yetkazib berishi mo‘ljallanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish