Video: Hosila Rahimova to‘yda yana mojaroga tushdi
29 avgust kuni Toshkentdagi Yangiobod dahasidagi mahallalarning birida lo‘lilar xonadonida bo‘lib o‘tgan to‘yda xonanda Hosila Rahimova "birrov"ga chaqirilgan bo‘lib, qo‘shiqni yarmidan to‘xtatib chiqib ketgani sababli to‘yxonada katta janjal ko‘tarilgan, deb yozmoqda Sayyod.com.
Bunga Hosila Rahimovaga mast holdagi erkaklar tegajog‘lik qilavergani sabab bo‘lgan. Xonanda mast-alast erkaklarning qo‘llaridan zo‘rg‘a qutilib, ularni kuch bilan turtib davrani tezda tark etgan.
Shundan keyin lo‘lilar o‘zaro urushib ketib, biri mikrofonda butun mahallaga jaranglatib baqirib rosa so‘kingan. Keyin esa texnikani stoli bilan ag‘dargan, orada nimalardir uchgan, singan, baqir-chaqir, xullas lo‘lilar “lo‘liligini” qilgan.
Bu holatlar muhrlangan videodan shu kuni to‘yda navbatchi bo‘lgan yigit va qiz xonandalar qochib chiqib ketayotgani ham videoga tushib qolgan. Shu yerda bo‘lganlarni xitoblari ham videoga tushgan va unda xonanda bilan muxlislar orasida to‘siq bo‘lishi va unga tegajog‘liq qilish kerak emasdi, deyilgan.
Videoni yuborgan to‘ydagi ayg‘oqchining aytishiga qaraganda xonanda Hosila Rahimovani 10ta qo‘shiqni kuylash sharti bilan lo‘lilar go‘yoki (tasdiqlanmagan ma'lumot) 300 dollarga xizmatga chaqirishgan. Xonanda to‘yxonaga 22:00dan oshganda kechikib kelgani ayrimlarga yoqmaganligini ham aytishdi.
Xonanda atigi 4ta qo‘shiq bilan davrani tark etishiga sabab esa yuqorida aytilgandek mast erkaklarning unga tegajog‘lik qilib "yopishgani" bo‘lgan.
“Hosila Rahimovaning bu ishini shaxsan men qo‘llab-quvvatlayman, zero to‘yga madaniyat xodimini chaqirdikmi, madaniyat bilan barerni ham saqlash muhim! San'atkordan talab qiladiganimiz juda ko‘pu o‘zimizni u bilan muomala va munosabatda tutishimizga esa goho e'tibor qaratmaymiz”, deb aytmoqda sayyod.com asoschisi Sardor Komilov.