Texnologiya | 16:29 / 02.09.2015
1740
1 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen Frankfurtda yangilingan Golf Cabriolet taqdimotini o‘tkazadi

Volkswagen kompaniyasi Frankfurtdagi xalqaro avtosalonda yangilingan Golf Cabriolet taqdimotini o‘tkazadi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xabarnomasidan ma'lum bo‘ldi.
Avtomobilning saloni yangilanishi bilan birga, old va orqa bamperlari sport dizayni uslubida ishlandi. U 6 rangda va 6 turdagi g‘ildirak disklari bilan taklif etiladi.

Volkswagen Golf Cabriolet xaridorlari 6 turdagikuch agregatlarini buyurtirishi mumkin bo‘ladi: to‘rtta benzinli (TSI) va ikkita dizelli (TDI): 1.2 TSI (105 ot kuchi), 1.4 TSI (125 ot kuchi), 1.4 TSI (150 ot kuchi), 2.0 TSI (220 ot kuchi), 2.0 TDI (110 ot kuchi) va 2.0 TDI (150 ot kuchi). Barcha dvigatellar yoqilg‘ini bevosita sochish tizimi bilan ta'minlanadi. Ular “Yevro-6” standartiga mos ishlaydi.

Bundan tashqari, avtomobilda Composition Colour va Composition Media axborot va ko‘ngilochar tizimlar yangilandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish