Jahon | 21:57 / 02.09.2015
3681
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda qatl etilgan yapon bosh vaziri boshi ko‘rinishida muzqaymoq ishlab chiqarildi

Shanxayda 1948 yil dekabrida qatl etilgan Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Xideki Todzening boshi ko‘rinishidagi muzqaymoq sotuvga chiqarildi. Bu haqda Time nashri ma'lum qildi. 

Shirinlikda siyosatchi taqib yurgan ko‘zoynak va mo‘ylovlarni ko‘rish mumkin. Sotuvga shunday muzqaymoqdan 10 ming dona chiqariladi. Bitta muzqaymoq 30 yuan (4,7 dollar) turadi. Ijtimoiy tarmoqda yangi muzqaymoq borasida turli qarama-qarshi fikrlar bildirildi, deb ta'kidlamoqda China Daily. Ba'zi foydalanuvchilar Todze boshi ko‘rinishidagi muzqaymoqni ma'nosiz va zerikarli deb ataganlar.

Muzqaymoqlar Xitoyda Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 70 yilligi nishonlanishi paytida sotuvga chiqariladi. Xitoyliklar Gitlerga qarshi koalitsiya tarkibida natsistlar blokiga kirgan Yapon imperiyasiga qarshi kurashganlar.

Muzqaymoqda tasvirlangan Todze 1941-44 yillar davomida Yaponiya bosh vaziri bo‘lgan. U Gavayi orollaridagi Perl-Xarbor bandargohidagi AQSh dengiz bazasiga hujum rejasi mualliflaridan biri hisoblanadi. Yaponiya 1945 yil 2 sentabrda taslim bo‘lish haqidagi hujjatni imzolagandan keyin Todze harbiy jinoyatchi sifatida hibsga olingan va 1948 yil dekabrida qatl etilgan.