Sport | 19:18 / 02.09.2015
2691
2 daqiqa o‘qiladi

Yiliga 60 mln yevro daromadga qaramay, «Barselona» jamoa liboslarining old qismidagi yozuvli reklamadan voz kechishi mumkin

Kataloniyaning «Barselona» klubi keyingi mavsumdan boshlab o‘z liboslarining oldi qismida reklamani joylashtirish yoki joylashtirmaslik masalasini tez orada ko‘rib chiqadi, deb yozmoqda AS nashri.

Klubning an'anasiga muvofiq, ilgari bunday reklamalar xizmatidan foydalanilmagan, biroq jamoa Qatar Airways bilan shartnoma imzolagan va mazkur yozuv hozirda klub futbolkalarida aks etib turibdi.

Qatar Airways bilan shartnoma 2016 yilning oxirida nihoyasiga yetadi. Joriy yilning oktabr oyida klub rahbariyati mazkur kompaniya bilan shartnomani uzaytirish yoki butunlay reklamasiz futbolkalar an'anasiga qaytish masalasini hal qilish bo‘yicha majlis o‘tkaziladi.

24-25 oktabr kunlari mazkur masala yuzasidan klub vakillari o‘rtasida so‘rov tashkil qilinishi kutilmoqda.
Hozirda esa, Qatar Airways klub bilan yangi shartnoma tuzish harakatiga tushib qolgan. Ular mazkur yozuvning klub futbolkasining old qismida turishi uchun yiliga 60 million yevro berish bo‘yicha shartnoma taklif qilishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish