Sport | 19:42 / 02.09.2015
2245
1 daqiqa o‘qiladi

“Real” prezidenti darvozabon Navasdan uzr so‘radi

Madridning “Real” prezidenti Florentino Peres 2 sentabr ertalabki payt klub darvozaboni Keylor Navas bilan uchrashdi.

Peres “Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xea bilan almashinuv bo‘yicha yuzaga kelgan chalkashlik sababli kosta-rikalik darvozabonga uzrini keltirdi.

Cuatro telekanalining ma'lumotlariga ko‘ra, Peres va Navas qirollik klubining bazasida ikki soat davomida suhbatlashishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish