O‘zbekiston | 09:26 / 03.09.2015
2615
1 daqiqa o‘qiladi

“Euronews” telekanalida O‘zbekiston haqidagi rolik 2016 yil martiga qadar efirga uzatiladi

“O‘zbekturizm” MK axborot xizmatining xabar berishicha, mamlakatimizga sayyohlar oqimini yanada kengroq jalb qilish maqsadida, joriy yilning sentabr oyidan “Euronews” telekanalida O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi diqqatga sazovor joylar tasvirlangan 30 soniyalik reklama roligida ko‘rsata boshladi. Rolik 2016 yilning martiga qadar efirga uzatiladi.

Shu bilan birga, telekanalning “Le Mag” ruknida yaqinda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan va butun jahon ahli e'tiborini jalb qilgan “Sharq Taronalari” xalqaro musiqa festivaliga bag‘ishlangan reportaj uzatila boshlandi.

Ma'lumot o‘rnida, “Euronews” telekanali yangiliklar dasturlari 13 tilda efirga uzatilib, ularni dunyo miqyosida 370 mln teletomoshabin kuzatib boradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish