08:58 / 03.09.2015
7137

2 sentabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar o‘ntaligi

2 sentabr kuni O‘zbekiston va dunyoda ko‘pdan-ko‘p qiziqarli va diqqatni tortuvchi xabarlar ro‘y berdi. Kun.uz sayti shunday ommabop va ko‘p muhokama qilingan xabarlar o‘ntaligini tuzib chiqdi.

Moskva mehmonlarni xushlamaydigan shaharlar orasida yetakchilik qilmoqda>>


Rossiya poytaxti Moskva shahri Amerikaning Travel+Leisure jurnali tomonidan dunyoning eng xush ko‘rmas shahri deb topildi. Ushbu ro‘yxatning uchinchi pog‘onasida yana bir rus shahri — Sankt-Peterburg o‘rin egalladi.

 

Avstraliyalik ayol giyohvand o‘g‘lini katakka qamab qo‘ydi>>


Avstraliyaning Rokgempton shahrida istiqomat qiluvchi ayol 17 yoshli giyohvand o‘g‘lini kattaka qamab qo‘ydi.Bunday konstruksiyani yasatish uchun ayol 3 ming dollar sarflagan.


O‘zbekistonda internet muammolarini hal qilishga yana bir oy kerak bo‘ladi>>


“O‘zbektelekom” AK matbuot xizmati mamlakatdagi internet muammolarini hal qilishga yana bir oy kerak bo‘lishini ma'lum qildi.


Video: Hosila Rahimova to‘yda yana mojaroga uchradi>>


29 avgust kuni Toshkentdagi Yangiobod dahasidagi mahallalarning birida lo‘lilar xonadonida bo‘lib o‘tgan to‘yda xonanda Hosila Rahimova "birrov"ga chaqirilgan bo‘lib, qo‘shiqni yarmidan to‘xtatib chiqib ketgani sababli to‘yxonada katta janjal ko‘tarilgan.


Qozog‘istonlikning noodatiy sevgi izhori yoxud "To‘ylar muborak-2">>


Qozog‘istonning Qaraganda viloyatida yashovchi fuqaro maxsus kran yordamida to‘rtinchi qavatda yashovchi sevgilisining qo‘lini so‘radi. Sevgan yigitining deraza ortida paydo bo‘lishi qizni chinakam hayratga soldi.

 

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi OTMlarda shartnoma qiymatining oshirilishi bo‘yicha izoh berdi>>

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 1 sentabrdan OTM larda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlarining 15 foizga oshganligi sabablarini tushuntirdi.


OAVda Putin qozog‘istonlik sportchi ayol bilan ishqiy munosabatdaligi aytildi>>


Bir qator xorijiy OAVlarida aytilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugungi kunda qozog‘istonlik sportchi ayol, boks bo‘yicha jahon chempioni Natalya “Kuvalda” Ragozina bilan uchrashib yuribdi.


Qozog‘iston pasportida Nazarboyevning mustaqillik haqidagi so‘zlaridan iqtibos keltiriladi>>


Qozog‘iston fuqarolik pasportiga Nazarboyevning mustaqillik haqidagi so‘zlaridan iqtibos kiritiladi.


Sardor Rahimxon: Biznesda omadsizlikka uchrab, ijodiy tanaffus qilishga majbur bo‘ldim>>


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon qarzga botgan va uch yil davomida ijodiy tanaffus qilishga majbur bo‘lgan.

Putin 11 yoshli bolaga rublning qadrsizlanishi sabablarini tushuntirib berdi>>


Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Sirius” ta'lim markazining o‘quvchilaridan biriga rubl kursi bilan nima sodir bo‘layotganini tushuntirib berdi.

 

Top