Texnologiya | 20:09 / 03.09.2015
5559
1 daqiqa o‘qiladi

Asus yangi kichik kompyuterlar ishlab chiqaradi

Asus kompaniyasi ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan kichik kompyuterlar Intel Computer Stick kompaniyasining shunday mahsulotlari bilan raqobatlashadi. Bu haqda The Verge nashrida yozilgan.

Kompaniya o‘zining yangi loyihasini Asus VivoStick nomi ostida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi aytilgan.

Ma'lum qilinishicha, bu qurilma monitor yoki televizorga ulanadi va risoladagi kompyuter kabi ishlay oladi.

Ushbu "cho‘ntak kompyuteri" Windows 10 tizimida ishlaydi.

Asus VivoStick qurilmasi 2 Gb operativ xotira hamda 32 Gb diskli xotira bilan ta'minlanishi mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, qurilmaga 2ta USB-ulagich o‘rnatilishi, unda quloqchin uchun ham ulanish qismi bo‘lishi ma'lum qilingan.

Qurilmaning ko‘rinishi uzunchoq fleshkani eslatadi va uning uzunligi 13,8 santimetrdan iborat bo‘ladi.

AQSh bozorida Asus VivoStick qurilmasining narxi 129 dollar bo‘lishi mumkin. Qurilmaning aynan qachon sotuvga chiqarilishi ma'lum emas.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish