Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:22 / 03.09.2015
2012
1 daqiqa o‘qiladi
Gretsiyada «Veriya» klubining 18 yoshli darvozaboni mashg‘ulot paytida olamdan o‘tdi
Gretsiyaning "Veriya" klubi 18 yoshli darvozaboni Stelios Markusis chorshanba kuni mashg‘ulot vaqtida jon taslim qildi. Bu haqda jamoaning feysbukdagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.
Xabar qilinishicha, futbolchi o‘zini yomon his qilgan va hushdan ketib, maydonga yiqilgan.
Markusis darhol mahalliy shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchining o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, "Veriya" jamoasi ayni vaqtda 2 turdan keyin beshinchi o‘rinda ketmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish