16:02 / 03.09.2015
2070

Gvatemala prezidenti iste'foga chiqdi

Gvatemala prezidenti Otto Peres Molina iste'foga chiqdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Iste'foga chiqishga mamlakat bosh sudyasi tomonidan uning hibsga olinishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani bo‘ldi.

Molina bojxona organlarida aniqlangan keng miqyosdagi poraxorlikda aloqadorlikda ayblanmoqda.

Bundan avvalroq sud Gvatemala prezidentining daxlsizlik huquqidan mahrum etib, unga mamlakatni tark etishni taqiqlab qo‘ygan edi.

Top