19:10 / 03.09.2015
2623

Honda va Acura Rossiyaga mashinalar yetkazishni to‘xtatmoqda

Yaponiyaning Honda avtomobilsozlik kompaniyasi Rossiyaga avtomobillar, mototsikllar va kuch texnikasini olib kirishni to‘xtatmoqda, deb xabar bermoqda dilerlarga iqtibos keltirgan holda “Za rulem” jurnali. 

Honda hozircha Rossiya bozorini batamom tark etayotgani yo‘q, biroq Rossiyadagi inqiroz sharoitlarida faqatgina ehtiyot qismlar sotish va xizmat ko‘rsatishga e'tiborni qaratmoqchi. Shu tufayli xodimlarning katta qismi qisqartiriladi.

Shuningdek, markaning dilerlari soni ham qisqaradi, biroq ularda avtomobillarni mustaqil olib kirish imkoniyati bo‘ladi.

Kompaniya joriy yil uchun zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishni, ya'ni Rossiyada 1000 dona Honda (CR-V) avtomobilini sotishni rejalashtirmoqda. Biroq shundan keyin kompaniyaning vakolatxonalari orqali avtomobillar yetkazib berilmaydi.

Honda’dan tashqari Rossiyaga shuningdek premial Acura subbrendi (Honda’ning bo‘linmasi) mashinalari ham yetkazilishi to‘xtatiladi.

Top