Texnologiya | 12:36 / 03.09.2015
2252
2 daqiqa o‘qiladi

IFA 2015: Lenovo kompaniyasi Ideapad MIIX 700 gibrid planshetini namoyish qildi

Lenovo kompaniyasi Berlinda boshlangan IFA 2015 ko‘rgazmasida Ideapad MIIX 700 gibrid planshetini namoyish qildi. Model ulanadigan dok-klaviatura yordamida noutbuk va planshet sifatida ishlatilishi mumkin.

Ichki o‘rnatilgan taglik ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning yordamida planshetni stolga o‘rnatish mumkin. Shuningdek, stilus (elektron pero) qo‘llab-quvvatlangan. Yangi qurilma dizayni bo‘yicha Microsoft kompaniyasining Surface Pro planshetini eslatib yuboradi.
Lenovo Ideapad MIIX 700 Windows 10 operatsion tizimida ishlaydi. Qurilma displeyi 2160 x 1440 pikselli ko‘rsatish qobiliyatiga ega va diagonali bo‘yicha 12 dyuymni tashkil qiladi. Intel Skylake Core M7 protsessorigacha bo‘lgan bir nechta konfiguratsiyalar ko‘zda tutilgan. 8 Gb tezkor xotira va 256 GGb doimiy xotiraga ega.

Planshet USB 3.0 va USB 2.0, micro HDMI portlari, microSD sloti, LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi modellarda microSIM sloti bilan ta'minlangan. Planshetda Intel RealSense optsial kamerasi mavjud. Qurilma 699 dollardan boshlab 2015 yilning noyabridan sotuvga chiqariladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish