Sport | 12:06 / 03.09.2015
1505
1 daqiqa o‘qiladi

Istomin va Buriy juftligi US Open turnirini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Nyu-York shahrida davom etayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSh Ochiq chempionatining juftliklar musobaqasidagi ishtirokini ham g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda olamsport.com yozgan.

Belaruslik Aleksandr Buriy bilan juftlik hosil qilgan Istomin ilk davrada moldovalik Radu Albot va serbiyalik Yanko Tipsarevichga qarshi kortga chiqdi.

Bugun tongda o‘tkazilgan bahsda Istomin va Buriy raqiblarini 6:3, 3:6, 6:3 hisobida dog‘da qoldirishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish