Jahon | 09:53 / 03.09.2015
1421
1 daqiqa o‘qiladi

Kolorado o‘rmonida Black Hawk harbiy vertolyoti quladi

AQShning Kolorado shtatidagi Duglas okrugida joylashgan o‘rmonlardan birida Black Hawk harbiy vertolyoti halokatga uchradi.

Bu haqda Colorado Spring Gazette nashri yozmoqda.
Fort Karson bazasidan uchib chiqqan vertolyot bortida 4 askar bo‘lib, ulardan 2 nafari jarohat olgan. Black Hawk mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan edi.

Voqea joyiga yo‘llardan yetib borishning iloji bo‘lmagani bois u yerga tibbiy vertolyotlar yuborilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish