KUN.UZ dayjesti. 2 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim voqealar
E'tiboringizga 2 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli voqealar, o‘quvchilar tomonidan faol ravishda muhokama qilingan xabarlar o‘ntaligini takroran havola etamiz.
O‘zbekistonda Hyundai avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi>>
Manbalarda “O‘zavtosanoat” aksionerlik kompaniyasi Janubiy Koreyaning Hyundai avtokonserni bilan O‘zbekistonda yengil avtomobillarni ishlab chiqarish haqida muzokaralar olib borayotgani aytilgan. Lekin bu xabarlar rasman tasdiqlangani yo‘q.
O‘zbekiston Prezidenti Xitoyda Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda ishtirok etadi. Ayni paytda Xitoyda o‘nlab mamlakatlarning rahbarlari jam bo‘lishgan.
Tojikiston prezidenti fuqarolarni ikki yillik oziq-ovqatni g‘amlab qo‘yishga chaqirdi>>
Qo‘shni davlat Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat fuqarolarini iqtisodiy inqiroz tufayli ikki yillik oziq-ovqatni g‘amlab qo‘yishga chaqirdi. Tojikiston 2015 yilda qishloq xo‘jaligida mo‘l-ko‘l hosil olgan.
Putin MDH hududida dollar va yevrodan voz kechishni taklif qildi>>
Rossiya prezidenti saytida chop etilgan ma'lumotga qaraganda, MDH doirasida dollar va yevrodan oraliq valyuta sifatida voz kechish imkonini beradigan maxsus mexanizm ishlab chiqiladi.
Nazarboyev: Mening avlodim o‘z tarixini bilmay o‘sdi>>
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozoq xonligining 550 yilligini nishonlashga ko‘rilayotgan tayyorgarliklarga o‘z munosabitini bildirib o‘tdi.
Poroshenko butun dunyoni Rossiyaga qarshi birlashishga chaqirdi>>
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko butun dunyo hamjamiyatini Rossiyaga qarshi kurashish kampaniyasida birlashishga chaqirdi.
Vikipediya: Bayram muborak, O‘zbekiston!>>
Vikipediyaning rus tilidagi bosh sahifasida “Bilasizmi?” mavzuli rukni 31 avgust–3 sentabr kunlari O‘zbekiston mustaqilligiga bag‘ishlandi.
O‘zbekistonda meva va sabzavotlarni avtotransport vositalarida eksport qilish taqiqlandi>>
Endilikda meva va sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum (kodi: TN VED 07-08) ni avtotransport vositalarida eksport qilish faqatgina temir yo‘l va havo transporti orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston ta'lim muassasalarida 2015-2016 o‘quv yili boshlandi>>
2 sentabr kuni O‘zbekistondagi maktablarda 631 ming nafardan ortiq 1 sinf o‘quvchilari ilk marta darslarda ishtirok etishdi.
O‘zbekiston AQShga “IShID” bilan kurashda yordam bermaydi>>
Ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqi O‘zbekistonning “IShID” terrorchilik guruhiga qarshi koalitsiyasiga kirishni rad etishini bildiradi.