Jahon | 10:12 / 03.09.2015
2302
1 daqiqa o‘qiladi

Malida liq to‘lgan qayiq cho‘kishi tufayli 18 kishi halok bo‘ldi

Malining markaziy qismida Niger daryosida harakatlanayotgan, haddan tashqari to‘lib-toshgan piroga (uzun ensiz qayiq) to‘ntarilib ketishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Hammasi bo‘lib qayiqda 90 dan ko‘proq odam bo‘lgan.

Ulardan 70 nafari omon qoldi, 4 nafar kishi bedarak yo‘qolgan, deb xabar bermoqda xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar mahalliy departamenti matbuot kotibi.

Kotibning aytishicha, Afrikada qayiqlar aksariyat hollarda odamlar va mahsulotlar bilan liq to‘lgan holatda harakatlanadi va aynan shu holat baxtsiz voqealarga olib keladi. Bundan tashqari, qayiqlar o‘zining yomon holatdaligi tufayli ham shunday voqealar kelib chiqadi.