Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maradona o‘zining nikoh marosimida Rim papasi ishtirok etishi va bosh-qosh bo‘lishini istamoqda
Argentinalik sobiq futbolchi Diyego Armando Maradona o‘zidan 30 yosh kichik Rosio Olivaga uylanishga qaror qildi. Bu haqda Argentinadagi Muy nashri xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, bu nikoh marosimi shu yilning 13 dekabr kunida, Italiya poytaxti Rim shahrida o‘tkaziladi.
54 yoshli Maradona o‘z nikohida Rim papasi bosh qosh bo‘lishini xohlamoqda. U shuningdek, bu marosimga birinchi rafiqasi Klaudiya Vilyafaneyni ham taklif qilgan. U bundan avval sobiq turmush o‘rtog‘ini o‘zining 80 mln pesosini (8,8 mln dollar) o‘g‘irlaganlikda ayblagandi.
Ma'lumot uchun, hozirgi Rim papasi Frantsisk Maradonaning vatandoshi hamda futbol muxlisi hisoblanadi. U bolaligidan Argentinaning "San-Lorentso" jamoasiga muxlislik qiladi.