Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada dronlar yordamida neft o‘g‘irlanishiga qarshi kurash olib boriladi
Nigeriyaning Nigerian National Petroleum Corp davlat neft kompaniyasi uchuvchisiz parvoz qurilmalari yordamida sohilbo‘yi suvlarida kemalarning harakatlanishini kuzatishni rejalashtirilmoqda. Bunday chora shelfda neft mahsulotlari o‘g‘irlanishining oldini olishi kerak, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.
O‘tgan yili kompaniya neft quvurlariga 4 mingta hujum holatini qayd qilgan edi. Jinoyatchilar bilan to‘qnashuvlarda kompaniya va mamlakatning huquq-tartibot muassasalarining kamida 350 nafar xodimi halok bo‘lgan.
May oyida prezident etib saylangan Nigeriyaning yangi prezidenti Muhammadu Buxoriy poraxo‘rlik va sanoat sohasida xomashyo o‘g‘irlanishiga barham berishga va'da bergan edi. Bugungi kunda Nigeriyaning 90 foiz eksport tushumlari va mamlakat byudjyetining uchdan ikki qismi daromadlari neft hisobiga ta'minlanadi.