Jahon | 10:06 / 03.09.2015
2231
1 daqiqa o‘qiladi
Obama va Saudiya Arabistoni qiroli Oq uyda jahon energetika bozorini muhokama qiladi
Oq uyda 4 sentabr kuni Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud va AQSh prezidenti Barak Obamaning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Uchrashuvda muhokama qilinadigan muhim mavzulardan biri jahon energetika bozori bo‘ladi, deb ma'lum qilmoqda Obamaning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Ben Rods. Bundan tashqari, Obama Yamandagi gumanitar vaziyat bo‘yicha o‘zining xavotirlanishini bildirmoqchi va to‘qnashuvning barcha tomonlarini tinch aholi o‘rtasida qurbonlarga olib keluvchi xatti-harakatlardan saqlanishga chaqirmoqchi.